Tizim24 hamkorlik dasturi

Munosabatlarni adolatli quramiz: shaffof komissiya, tayyor materiallar va texnik yordam.

Hamkor bo‘lish

Rasmiy hamkorlik

Rasmiy hamkor statusi

Saytimizdagi hamkorlar ro‘yxatiga kirasiz va shaxsiy hamkor ID olasiz — mijoz uni istalgan vaqtda tekshirib ko‘ra oladi. Brend materiallari, tayyor prezentatsiyalar, sertifikat va standart takliflar paketi beriladi.

Daromad modeli

Har bir olib kelgan mijozdan kelishilgan foiz. Eng muhimi — bu bir martalik emas: mijoz oylik obunani davom ettirgan sari sizga passiv daromad tushib turadi.

Hamkorlik akkaunti

Shaxsiy kabinet: olib kelgan mijozlaringiz, ularning holati, sizga tegishli ulush va to‘lovlar tarixi bir joyda. Mijozni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kabinetdan qo‘shasiz.

Maxsus bonuslar

Reja bajarilganda qo‘shimcha mukofot, yirik loyihalarda oshirilgan foiz va faol hamkorlar uchun birinchi navbatda yangi yo‘nalishlarga kirish.

Hamkorni tekshirish

Sizga taklif qilgan shaxs haqiqatan Tizim24 hamkorimi? Uning hamkor ID sini kiriting.

Qanday qo‘shilasiz

  1. 01

    Ariza topshirish

    Qisqa forma orqali kompaniya va yo‘nalishingizni yuborasiz.

  2. 02

    Muhokama va tasdiqlash

    Menejer hamkorlik modeli, hudud va maqsadlarni kelishadi.

  3. 03

    Start paket

    Marketing materiallari, demo kirish va ichki aloqa kanalini olasiz.

Hamkor bo‘lish

Arizani qoldiring — menejerimiz siz bilan bog‘lanib, hamkorlik shartlarini muhokama qiladi.

Keyingi qadamda telefon raqamingizga tasdiqlash kodi yuboriladi.