O'quv markazlari va maktablar uchun vidjet. Har bir o'quvchiga (amoCRM kontaktiga) o'z QR kodi beriladi. QR skanerlanganda davomat o'zi belgilanadi va ekranda darhol oy to'langanmi, qarz bormi — ko'rinadi.
- QR kod kartochkada: yaratish, yuklab olish, chop etish — yoki bitta tugma bilan hamma o'quvchiga.
- Skaner: noutbuk yoki telefon kamerasi, USB-skaner.
- Kunlik davomat: kim keldi, kim kelmadi; kun belgilangan vaqtda o'zi yopiladi.
- To'lovlar: oylik, qarzni yopish, bo'lib to'lash; keyingi to'lov kuni va muddati o'tganlar.
- Qarzdorlar ro'yxati kurs bo'yicha.
- Telegram xabarlari — bot tokenisiz, bitta havola bilan.
- Oq va qorong'i mavzu, o'zbek, rus va ingliz tillari.
Uchta tarif — o'quvchilar va foydalanuvchilar soni cheklanmaydi: «Davomat» (QR kod, skaner, kunlik davomat), «Davomat + To'lov» (+ to'lovlar, qarz, qarzdorlar), «Pro» (+ Telegram xabarlari, hammaga QR va chop etish). 6 oyga to'lasangiz — 10%, 12 oyga — 20% chegirma.
Narxlar
O‘rnatish yo‘riqnomasi
- 01
O'rnatish
amoMarket'da «Tizim24 — QR Davomat» ni toping, «Установить» va «Разрешить» ni bosing. Kalit yoki server manzili so'ralmaydi.
- 02
Integratsiya
Vidjet oynasidagi «Интеграция» bo'limida hamkor Partner ID sini kiriting yoki «Нет, подключаю сам» ni tanlang va kodni oling: SMS (O'zbekiston raqamlari), Email yoki Telegram.
- 03
Maydonlar
«Настройки» → «Создать недостающие поля»: kontaktda Kurs, Dars kunlari, Kurs narxi va QR kod maydonlari paydo bo'ladi (bor bo'lsa — o'shalar tanlanadi).
- 04
QR kod
O'quvchi kontaktida maydonlarni to'ldiring va o'ng paneldagi «QR Davomat» da «Создать QR-код» ni bosing. Chop eting yoki o'quvchiga yuboring.
- 05
Skanerlash va hisobotlar
Chap menyu → «QR Davomat»: «Сканер» (kamera yoki USB-skaner), «Посещаемость» (kunlik hisobot), «Должники» (qarzdorlar). To'lov kartochkada yoki skanerdan keyin qabul qilinadi.


