Maxfiylik siyosati
Tizim24 amoCRM vidjetlari, vidjetlar sayti va panellarida shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish tartibi
| Hujjat tahriri | № 1.0 |
|---|---|
| Nashr etilgan va kuchga kirgan sana | 10.10.2026 |
| Operator | «INSIGHT EDU» MChJ (brend — Tizim24), STIR 309632038 |
| Murojaat uchun | support@tizim24.uz, +998 99 652 55 22 |
1. Umumiy qoidalar
1.1. Siyosat «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ-547), «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi va «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi qonunlar asosida ishlab chiqilgan.
1.2. Siyosat https://tizim24-widget.uz sayti, Developer panel, Hamkor kabineti va amoMarket orqali o‘rnatiladigan Tizim24 vidjetlariga taalluqli. Vidjetlardan yoki Saytdan foydalanish Siyosatga rozilikni bildiradi.
2. Qanday ma’lumotlarga ishlov beramiz
2.1. amoCRM akkaunti: akkaunt manzili (subdomen), akkaunt ID, kompaniya nomi, vidjetni o‘rnatgan foydalanuvchi ID si va amoCRM kirish kalitlari (OAuth; bazada shifrlangan holda). Vidjet o‘z vazifasini bajarish uchun amoCRM’dagi sdelkalar, kontaktlar, xabarlar kabi ma’lumotlarga faqat vidjet vazifasi doirasida murojaat qiladi.
2.2. Integratsiya: telefon raqami yoki email yoki Telegram foydalanuvchi ID si (tasdiqlash kodi uchun), hamkor bo‘lsa — Hamkor ID. Ism so‘ralmaydi.
2.3. Hamkorlar: F.I.Sh., kompaniya, telefon, email, hudud, yo‘nalish; pul yechishda karta raqamining faqat oxirgi 4 raqami saqlanadi.
2.4. To‘lovlar: summa, sana, muddat, to‘lov tizimi va tranzaksiya raqami. Karta ma’lumotlarini Payme kabi to‘lov tizimlari qabul qiladi — ular bizga berilmaydi.
2.5. «Tizim24 Telegram» vidjeti: Foydalanuvchi ulagan Telegram akkauntining sessiyasi (shifrlangan), yozishmalar va media-fayllar. Foydalanuvchi talabiga ko‘ra suhbat qatnashchisi o‘chirgan yoki tahrirlagan xabar va fayllar ham arxivda saqlanadi. Foydalanuvchi o‘z mijozlarini bu haqda xabardor qilish va qonuniy asosga ega bo‘lish uchun o‘zi javobgar.
2.6. Texnik ma’lumotlar: IP manzil, brauzer turi, kirish sessiyasi cookie fayli, xatolar va xavfsizlik jurnallari.
3. Maqsadlar va huquqiy asoslar
3.1. Maqsadlar: vidjetlarni o‘rnatish va ishlatish; akkauntni tasdiqlash; obuna va to‘lovlarni hisobga olish; hamkor ulushini hisoblash va to‘lash; texnik yordam; xavfsizlik va firibgarlikning oldini olish; qonun talablarini bajarish.
3.2. Asoslar: sub’ektning roziligi; Foydalanuvchi bilan tuzilgan shartnomani (Ommaviy oferta) bajarish; qonunchilik talablari.
4. Saqlash joyi
4.1. Ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan serverlarda saqlanadi («Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonunning 27¹-moddasi).
5. Uchinchi shaxslarga berish
5.1. Ma’lumotlar sotilmaydi. Ular faqat xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan hajmda quyidagilarga beriladi: amoCRM (Kommo) — vidjet ishlashi uchun; to‘lov tizimlari (Payme va boshqalar) — to‘lov uchun; SMS operatori (TextUp) — tasdiqlash kodi uchun; Telegram — kod boti va «Tizim24 Telegram» vidjeti ishlashi uchun; elektron pochta yetkazish xizmati — kodli xatlar uchun (bunda faqat email manzil va kod uzatiladi, xizmat O‘zbekistondan tashqarida bo‘lishi mumkin).
5.2. Davlat organlariga — faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda.
6. Saqlash muddatlari
6.1. Vidjet amoCRM’dan o‘chirilganda kirish kalitlari darhol o‘chiriladi. Tasdiqlash kodlari bir necha daqiqa amal qiladi va keyin yaroqsiz bo‘ladi.
6.2. Akkaunt, obuna va to‘lovlar tarixi — hisob-kitob va soliq qonunchiligida belgilangan muddat davomida.
6.3. «Tizim24 Telegram» arxivi — obuna davomida; Foydalanuvchi talabi bilan o‘chiriladi.
6.4. Muddat tugagach ma’lumotlar o‘chiriladi yoki egasizlantiriladi.
7. Himoya choralari
7.1. Barcha ulanishlar HTTPS orqali; amoCRM kalitlari va Telegram sessiyalari AES-256 bilan shifrlangan; parollar qaytarib bo‘lmaydigan izi (hash) shaklida saqlanadi; xodimlar faqat o‘z huquqlari doirasida kiradi; muhim amallar jurnalga yoziladi; zaxira nusxalar olinadi.
8. Sub’ektning huquqlari
8.1. Siz o‘z ma’lumotlaringiz haqida bilish, ularni tuzatish, o‘chirishni talab qilish va rozilikni qaytarib olish huquqiga egasiz. Murojaat: support@tizim24.uz.
8.2. Javob muddatlari: tuzatish — 3 ish kuni; ma’lumot berish yoki o‘chirish — 7 ish kuni; rozilikni qaytarib olish — 3 ish kuni. Rozilik qaytarib olinsa, vidjet ishlashi to‘xtashi mumkin.
9. Cookie fayllar
9.1. Faqat zarur cookie ishlatiladi: kirish sessiyasi (Developer panel va Hamkor kabineti). Til va mavzu tanlovi brauzeringizda saqlanadi. Reklama va kuzatuv cookie fayllari ishlatilmaydi.
10. Yakuniy qoidalar
10.1. Xizmatlar 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga mo‘ljallanmagan.
10.2. Siyosatga o‘zgartirishlar Saytda e’lon qilinadi va e’lon qilingan kundan kuchga kiradi. Asosiy matn — o‘zbek tilida.

